ARTROLOGIYA

ARTROLOGIYA (Yunoncha arthron — bo’g’im va … logiya) — bo’g’im va uning kasalliklarini o’rganadigan fan. Ichki kasalliklarning bir bo’limi. Bo’g’imlar fiziologiyasi, patologiyasi to’g’risidagi bilimlar rivojlanishi tufayli Artrologiya alohida fan sifatida ichki kasalliklardan ajralib chiqdi. U bo’g’im kasalliklarining kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik ko’rinishini o’rganadi hamda ularni davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi.