Shina

Shina (tibbiyotda) — suyak, bo’g’im, yumshoq to’qimalar shikastlanganda va kasallanganda ularni qimirlatmay qo’yish (immobilizasiya) maqsadida ishlatiladigan moslama. Shina metall, gips, taxta, plastmassa va boshqalardan tayyorlanadi. Shina qo’yilganda singan oyoq va qo’l og’rig’i kamayadi. Suyaklar bilan yumshoq to’qimalar shikastlanishining oldi olinadi. Transport va davolash Shinalari farq qilinadi. Transport Shinalari jarohatlangan kishini vaqtincha ko’chirish yoki tashishda qo’llanadi, unga Kramer, Diterixs, fanerli, kartonli Shinalar kiradi. Kramer Shina simdan qilingan tayyor metal narvonga o’xshash, uzunligi 75— 100 santimetr, eni 7-10 santimetr. Shikastlangan oyoq yoki qo’lga oddin paxta qo’yib, so’ngra Shinani Marlili, kraxmalli yoki gipsli bog’lovlar bilan mahkam bog’lanadi. Diterixs Shina 2 ta — uzunqisqa tayoq, qalin fanerdan qilingan taglik va buramadan iborat. Ko’pincha chanoqson bo’g’imi va son suyagi shikastlanganda qo’llanadi. Transport Shina bo’lmagan vaqtda faner, yupqa taxta, tayoq va boshqalardan foydalaniladi. Davolash Shinasi, asosan, shinaligipsli bog’lovlar sifatida ishlatiladi.