Odamtosh seriyasi
Odamtosh seriyasi — Janubiy O’zbekistondagi yuqori bo’r davriga mansub qatlamlardagi stratigrafik birlik. Odamtosh seriyasi Akramxo’jayev, M. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan 1971 yilda ajratilgan. Odamtosh seriyasi Turon va konyak yaruslarining paleontologik qoldiqlariga boy bo’lgan giltosh, mergel hamda oz miqdorda gips, ohaktosh va qumtosh qatlamlaridan tashkil topgan. Odamtosh seriyasi, o’z navbatida, G’ozdahana, Chashmaobozon (quyi Turon), Dehqonobod, pachkamar (yuqori Turon) va Oqrabot (konyak) mahalliy svitalariga bo’linadi. Umumiy qalinligi 230-600 metr bo’lib, ostki neft-gazli mahsuldor qatlamlari uchun flyuidlarni to’sib turuvchi ekran vazifasini bajaradi. Stratigrafik ahamiyatga ega.