ASKOCHENSKIY ALEKSANDR NIKOLAYEVICH
ASKOCHENSKIY ALEKSANDR NIKOLAYEVICH (1898.5.9, Rossiyaning hozirgi Voronej viloyati Verxniy Lomovsk qishlog’i — 1973.5.3, Moskva) — muhandisirrigator, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1943), professor (1939), Leningrad temir yo’l injenerlari institutini tugatgan (1925). O’rta Osiyo irrigatsiya va meliorativ qurilishi instituti (Sredazgiprovodxlopok) bosh muhandisi (1931 — 39), O’zbekiston Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti (1948 — 50), so’nggi yillarda sobiq Ittifoqda qishloq xo’jaligi bo’yicha mas’ul lavozimlarda ishlagan. Askochenskiyning ilmiy ishlari O’rta Osiyo suv resurslarini o’rganish, paxta ekiladigan rayonlarni sug’orish va melioratsiyasi masalalariga bag’ishlangan. Katta Farg’ona kanali, Qoraqum kanalini loyihalash va qurishda qatnashgan.