Nikopol jangi

Nikopol jangi — Bolgariyaning Nikopol shahri yaqinidagi jang (1396.25.9). Sultan Boyazid boshchiligidagi turk armiyasi (taxminan 200 ming askar) bilan Venger qiroli Sigizmund qo’mondonligidagi salibchilar qo’shini (taxminan 70 ming askar; frantsuzlar, italyanlar, inglizlar, ispanlar, chexlar va boshqalar) o’rtasida bo’lgan. Salibchilarning mag’lubiyati bilan tugagan. Bu g’alaba natijasida Turkiya Bolqon yarim orolidagi hukmronlik mavqeini mustahkamlab olgan.