Nikotin

Nikotin, C|0H14N2 — alkaloid, o’ziga xos hidli, moysimon, uchuvchan, rangsiz suyuqlik. Qaynash temperaturasi 247°, havo ta’sirida qo’ng’ir tusga kiradi. Suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kuchli asos. Tamaki va ba’zi boshqa o’simliklar tarkibida bo’ladi. Ilk bor Yevropaga tamakini Fransuz diplomanti J. Niko (shu sababli o’simlik Nicotiana tabacum, alkaloidi nicotine deb nomlangan) olib kelgan (1560). Nikotin 1828 yilda o’simlikdan ajratib olingan, 1904 yilda esa shveytsariyalik kimyogar A. Pikte sintez yo’li bilan olgan. Nikotin kuchli zahar, uning bir necha tomchisi (200 gramm tamakidagi 100-200 mg miqdori) kishini o’ldirishi mumkin. Odam Nikotindan zaharlanganda ko’ngli ayniydi, ko’sadi, ichi ketadi, nerv sisemasi, nafas va yurak faoliyatining buzilishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Nikotin sulfatning 40%li suvdagi eritmasi va tamakining suvdagi ekstrakti qishloq xo’jaligida insektitsid sifatida qo’llanadi. Sanoatda Nikotindan nikotin kislota olinadi.