Oltin

Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallartsyan biri. Tartib raqami 79, atom molekulasi 196,9665; rangi sariq, og’ir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sun’iy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer po’stining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi. Oltin insonga ma’lum bo’lgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning miloddan 5-4 ming yil ilgari yasalgani ma’lum bo’ldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan. Oltin tabiatda ko’pincha erkin holda (tug’ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (Aite2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, ko’pincha qumga aralashgan bo’ladi. Rossiya Federatsiyasida (Ural, Sibir), Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, AQSh (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m3 da 0,008 grammgacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin bo’ladi. O’zbekistonda Oltin Makkajo’xori doni va popugida (2-4 g/t) va Qizilqumda shuvoq o’simligida borligi aniqlangan. O’zbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Qizilqum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud. Oltin yumshoq, plastik, cho’ziluvchan metall (qalinligi 0,0002 mm gacha bo’lgan zarqog’oz tayyorlash, 1 grammni 3,5 kilometrli sim qilib cho’zish mumkin), elektr va issiqni yaxshi o’tkazadi. Zichligi 19,32 g/sm3 (20° da). Suyuqlanish temperaturasi 1064,4°, qaynash temperaturasi 2880°. Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 2,5. Oltin yumshoq bo’lganligi uchun uning kumush yoki mis qo’shib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. Oltin — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda o’zgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va boshqalarda erimaydi: faqat zar suvida, xlorli suvda va ishqoriy metallarning tsianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. Oltin o’z birikmalaridan oson qaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, Oltin amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli bo’ladi. 3 valentli Oltin birikmalari barqaror hisoblanadi. Oltin rudalardan bir necha usulda, masalan, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. Oltin amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy tsianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan Oltin ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun Oltinli qumga kaliy tsianid (yoki natriy tsianid NaCN) eritmasi qo’shiladi. Oltin bilan kaliy tsianiddan hosil bo’lgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux ta’sir ettiriladi. Rux Oltinni cho’kmaga tushiradi. Olmaliq kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil bo’lgan toshqoldan Oltin ajratib olinadi. «Zarafshon-Nyu-Mont» O’zbekiston—AQSh qo’shma korxonasi Zarafshon oltin ishlab chiqarish kompleksi chiqindisidan tsian usulida Oltin ajratib olishni yo’lga qo’ygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli bo’lganligi sababli O’zbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Oltinning eng ko’p ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda Oltinni zar suvida eritish natijasida hosil bo’ladi. Oltinning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli oksidlari va boshqa birikmalari ma’lum. Oltin valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbobsozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qo’llanadi. /4y.:Dalimov T.N., Shayakubov T. Sh., Troskiy V.I. i dr., Geologiya i poleznie iskopaemie Respubliki O’zbekiston, T., 1998; Parpiev N.A., Muftaxov A.G’., Raximov X.R., Anorganik kimyo [3 qism], T., 2000-2003. Nusrat Parpiyev.