Qazilma ko’mir
Qazilma ko’mir — qattiq holatdagi yonuvchi foydali qazilma; tuban va yuksak o’simliklarning o’zgarish mahsuli bo’lib, cho’kindi tog’jinslari orasida qatlam qo’rinishida yotadi. Tarkibida organik mineral aralashmalar va namlik 50% gacha bo’ladi. Qazilma ko’mir foydali qazilmalarning eng ko’p tarqalgan turlaridan biri, yer sharining barcha materiklarida uchraydi, 3000 dan ortiq ko’mir konlari va havzalari ma’lum. Qazilma ko’mir Yer po’stida qatlam, qatlamsimon va linza ko’rinishidagi yotqiziqlar holida bo’ladi hamda yaxlit, qatqatli yoki donador teksturaga ega. Rangi jigarrangdan qoragacha. Qazilma ko’mir energetik xom ashyoning asosiy turlaridan biri; uning dunyo bo’yicha yoqilg’ienergetika balansidagi ulushi 30-35% ni tashkil etadi. Qazilma ko’mirdan sanoatning turli sohalarida: elektroenergiya, metallurgiya uchun koks ishlab chiqarishda, energetik maqsadlarda yoqish uchun, kimyoviy qayta ishlash yo’li bilan turli xil (300 dan ortiq) mahsulot olishda foydalaniladi. Qazilma ko’mirdan Germaniy, galiy ajratib olinadi. Asosiy komponenti — organik moddaning tarkibiga ko’ra, Qazilma ko’mir 3 genetik guruhga bo’linadi: gumolitlar (qo’ng’ir ko’mir, toshko’mir va antrasit), sapropelitlar va saprogumolitlar. Ko’proq uchraydiganlari gumolitlar bo’lib, quruqliqdagi yuksak o’simliklar qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Ular qo’proq botqoqlik, qo’ltiq, Laguna va chuchuk suvli havzalarda hosil bo’lib — avtoxton to’planish; quruqlikdan o’simliklar va ularning o’zgarish mahsullarini yaqin joylashgan turg’un suv havzalariga ko’chirilishi natijasida nisbatan kamroq to’planganlari — alloxton to’planish deyiladi. To’planib qolgan o’simlik qoldiqlari biokimyoviy parchalanishi natijasida torfga aylanadi; bunda suvli muhitning kimyoviy tarkibi va suvliligi muhim ta’sir ko’rsatadi. Sapropelitlarning ko’p kulli turlari yonuvchi slaneslar deb ataladi. Qazilma ko’mirda mineralli qo’shimchalar manbai bo’lib, ko’mir hosil qiluvchi o’simliklarning noorganik tarkibiy qismlari, torf hosil bo’lgan joyga suv va shamol yordamida keltirilgan terrigen materiallar; shuningdek, torfzorlarda tsirkulyasiya qiluvchi suv aralashmalaridan ajralib chiquvchi mineralli yangi hosilalar bo’lishi mumkin. Mineral aralashmalarning tarkibi — kvars, gilli minerallar (asosan, kaolinitlar), dala shpatlari, pirit, markazit, karbonatlar va 51, A1, G’e, sa, M$, K, N8, T1, siyrak va tarqoq elementlar (11, Oe, Sa, V va boshqalar) dan iborat. Torfzorlar ustini qoplaydigan jinslar paydo bo’lishi bilan torf hosil bo’lish jarayoni tugaydi. Nisbatan yuqori bo’lmagan temperatura va bosimda paydo bo’lgan diagenetic (zichlashish, cho’kindilarning degidrasiyasi, gaz ajralib chiqishi) va tiklanish xarakteriga ega bo’lgan biokimyoviy jarayonlar torflarni qo’ng’ir qo’mirga aylanishiga olib keladi. Yuqori temperatura va bosimning uzoq muddatli ta’siri natijasida qo’ng’ir ko’mirlar toshko’mirga, ular esa, antrasitlarga aylanadi. Ko’mir hosil bo’lish jarayoni regional geologik jarayonlardan biri bo’lib, barcha Kontinentlarning hududlarida kuzatiladi. Ko’mirli formasiyalarning uzluksiz tarqalish maydoni bir necha km2 dan yuz ming km2 gacha, qalinligi bir necha o’n metrdan bir necha kilometrgacha, ulardagi qatlamlar soni bir necha yuzga etadi. Yirik masshtabdagi ko’mirlanish jarayoni platformali oblastlarga to’g’ri keladi.