Quyosh toji
Quyosh toji — quyoshning tashqi, eng qo’p cho’zilgan (Quyoshning bir necha diametriga teng) qatlami. Quyosh toji Quyosh gardishidan taxminan million marta xira bo’lib, Quyosh to’la tutilishi paytida aniq ko’rish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimal yillarda simmetrik, minimal yillarda esa ekvator bo’ylab cho’ziq shaklda bo’ladi. Quyosh toji spektrida ko’p marta ionlangan G’e, sa, M§, S, o va 8 elemetlari atomlarining emission chiziqlari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlangan. Quyosh tojining o’rtacha temperaturasi 106 kdan yuqori va toj bo’ylab sekin o’zgaradi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elektron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Quyoshning faol sohalari ustida toj moddasi ancha quyuqlashgan bo’lib, temperaturasi 10′ K gacha boradi, rentgen hamda radionurlanish nihoyatda kuchli bo’ladi, Quyosh toji baland tog’larga o’rnatilgan maxsus teleskoplar — koronograflar yordamida ham kuzatiladi.