Quyosh

Quyosh — quyosh sistemasining Markaziy jismi; yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866% massasi (mo=1,99T033 g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi ko=696000 kilometr. U massasi bo’yicha yerdan 332958, diametri bo’yicha 109 marta katta. O’rtacha zichligi 1,41T03 kg/m3. Yer Quyosh atrofida o’rtacha 29,5 km/sek tezlik bilan cho’ziq bo’lmagan ellipsoid orbita bo’ylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 kilometr (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 million kilometr kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv temperatura, uning to’la nurlanishi bo’yicha 5770 K ga teng. Yerni o’z orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021 kilogramm. Quyosh o’lchamlariga ko’ra o’rtacha sariq yulduz bo’lib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining o’rta qismidan o’rin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U. Quyosh Galaktikamiz spiral tarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 Kps (kiloparsek) masofada joylashgan. Quyosh Galaktika markazi atrofida 200 million yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5109 yil. Quyosh optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Quyoshning yer atmosferasi o’tkazmaydigan qisqa to’lqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yo’l ochib berdi. 1611 yilda G.Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Quyosh dog’lari va o’z o’qi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G.SHvabe esa 1843 yilda Quyosh o’zgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy o’zgarishini topdi, 1814 yilda Y.Fraungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar q.ning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo bo’lishini kashf etdi. Bu Quyoshning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol o’ynadi. 1913 yilda Amerikalik astronom J.Xeyl Quyosh dog’lari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va Fraungofer chiziqlarining Zeemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi. 1940 yillar boshida Quyosh radioto’lqinlar manbai ekanligi aniqlandi. 1942 yilda shved olimi B.Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni ko’p marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Quyosh tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. 20-asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki bo’ldi. Kosmik eraning boshlanishidan so’ng Quyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, yer sun’iy yo’ldoshlariga o’rnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar bo’lgan kosmik laboratoriyalar yordamida o’rganilmoqda. Qrim, pulkovo va boshqa rasadxonalarida, ko’pgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida ham Quyoshni o’rganish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Quyosh o’z o’qi atrofida yer singari muntazam sharqdan g’arbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sekund bo’lib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng. Q.ning to’la nurlanishi Quyosh zenitda bo’lganda yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) bo’yicha aniqlanadi. Yerning Quyoshdan o’rtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Quyoshning yorug’lik kuchi 2,84-1027 shamni tashkil qiladi. Quyoshning to’la nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan erga taxminan 2T017 Vt etib keladi. Quyosh osmonda burchak diametri o’rtacha 1919″26 ga teng disk singari ko’rinadi. Quyosh sirtining o’rtacha ravshanligi (yer atmosferasidan tashqarida kuzatilganda) 1,98T09 NT, Quyosh diskining Markaziy qismlari ravshanligi 2,48T0CH NT ga teng. Quyosh diskida ravshanlikning markazidan chetga tomon kamayishi spektrning turli qismlari (to’lqin uzunliklari)da turlicha. Qisqa to’lqinlarda chetga tomon xiralashish uzun to’lqinlarga qaraganda kuchli. Quyosh diskining eng chetida ravshanlik bir sekund burchak ichida yuz marta kamayadi, shuning uchun Quyosh diski cheti juda aniq ko’rinadi. Ravshanlikning Quyosh Diski markazidan chetga tomon kamayishi Quyosh atmosferaga egaligidan dalolat beradi. Quyoshni tekshirish asosan uning spektrini o’rganishga asoslangan. Quyosh spektri mingdan ortiq yutilish chiziklari (Fraungofer chiziqlari) bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. Quyosh spektrida energiyaning taqsimlanishi 6000°K gacha qizigan mutlaq qora jism spektrinikiga asosan mos keladi. Fraungofer chiziqlarining to’lqin uzunligi va intensivligi laboratoriya nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Quyoshda 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Quyosh, asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod atomiga 100 ta geliy, bir necha o’n kislorod, uglerod, azot va boshqa element atomi to’g’ri keladi. Quyosh spektrida ayrim molekulalar (on, N14, SN, so va boshqalar) ning ham chiziqlari bor. Quyosh atmosferasi tabiatiga ko’ra, 3 ta asosiy qatlam, ya’ni eng pastki qatlam — fotosfera, o’rta qatlam — xromosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Quyoshning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7 g/sm3, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga o’ta borib kamayadi va uning o’rtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K bo’ladi. Bosimi 2-104 dan 102 N/m2 gacha o’zgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming kilometr konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga ta’sir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u o’zgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150-1000 kilometr, «yashash davri» 5-10 minut. Granulalarning ravshanligi o’rtacha fondan =10% ga ortiq. Fotosferada radial yo’nalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2-3 ming kilometr o’lchamdagi maydonlarda 5 minut davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir bo’ladi. Bir necha tebranish davrlaridan so’ng so’nib, yana qayta hosil bo’lishi mumkin. Fotosferada dog’lar va mash’allar deb ataluvchi Quyosh yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dog’lari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Quyosh dog’lari yuliq to’rsimon yorug’ maydonchalar — mash’allar bilan o’ralgan. Ular Quyosh diski cheti yaqinida yaqqol ko’rinadi va ravshanligi atrofnikidan 18% ga ortiq. Mash’allarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mash’allar ustida, xromosferada flokkulalar kuzatiladi. Quyosh dog’lari atrofida xromosfera va Quyosh tojida protuberaneslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Quyosh atmosferasining bu detallari Quyosh dog’lari bilan birgalikda Quyosh yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi. Quyosh dog’larining o’rtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan ko’payib-kamayib turadi. Quyosh dog’lari Quyosh ekvatorining ikkala tomonidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni o’z ichiga olgan zonada uchraydi. Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh to’la tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi oy diskini o’rab turuvchi qizg’ish halqaga o’xshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni notekis bo’lib, tishli g’ildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga «tilcha»lari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200-2000 kilometr, balandligi esa 10000 kilometr. Xromosfera teleskopi yordamida ma’lum monoxromatik nurda Quyosh diskida mayda (-1000 kilometr) va yirik (2000-8000 kilometr) yorug’ tugunlardan tashkil topgan xromosfera to’ri ko’zga yaqqol tashlanadi. Xromosfera to’ri ko’zlarining kattaligi 30-40 ming kilometr. Xromosfera spektri bir necha yuz emission chiziqlardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm3 da 1015 atomdan 10′ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida temperatura 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming kilometr balandlikda esa temperatura ortib, 15-20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan million marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mash’allar ustida flokkulalar, vodorod chizig’i na nurida qora tolalar kuzatiladi. Quyosh gardishi yaqinida protuberaneslar ko’rinadi. Flokkulalar va protuberaneslarning soni Quyosh faolligi o’zgarishi bilan o’zgarib turadi. Protuberaneslarning Quyoshdan o’rtacha balandligi 30-50 ming kilometr, uzunligi 200 ming kilometr. Protuberaneslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberaneslar temperaturasi 5000— 10000°K, modda zichligi xromosferaning o’rtacha zichligiga yaqin. Protuberaneslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Quyosh tojidagi magnit maydoniga bog’liq. Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Quyosh gardishi markazinikidan million marta kam. Quyosh tojida qalqonsimon va yelpig’ichsimon yog’du, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ataluvchi struktura elementlarini kuzatish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimum bo’lgan yillarda simmetrik, minimum bo’lgan yillarda esa ekvator bo’ylab cho’ziq shaklda bo’ladi. Quyosh toji spektrida ko’p marta ionlashgan. G’e, sa, M§, S, o, 8 elementlari atomlarining emission chiziqlari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlashgan. Quyosh tojining o’rtacha temperaturasi 106 K dan ortiq va toj bo’ylab sekin o’zgaradi. Xromosfera bilan Quyosh chegarasidagi temperatura 105K; 1 sm3 hajmga 107 atom to’g’ri keladi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elektron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi nihoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizig’i NS< da yaxshi ko’rinadi. Spektral chiziqlar paydo bo’ladigan xromosfera sohalarida temperatura (1— 2)• 104 K, undan yuqorida 107 K gacha ko’tariladi. Quyosh chaqnashlarining yuzasi 10′ KM5 gacha bo’lishi mumkin. Odatda, chaqnashlar tez rivojlanayotgan Quyosh dog’lari atrofida ro’y beradi. Chaqnashlar Quyoshning Ultrabinafsha nurlanishini kuchaytiradi, qisqa muddatli kuchli radio va roentgen nurlanishlari, yuqori energiyali (1010 ev) korpuskulyar oqimni hosil qiladi. Ayrim chaqnashlar yuqori energiyali zarra (Proton) larning o’ta kuchli oqimi — kosmik nurlarpn beradi. Bunday chaqnashlar kosmik fazodagi kosmonavtlar salomatligiga xavf tug’diradi. Quyoshda sodir bo’lib turadigan bunday jarayonlarni qayd qilish va o’rganish maqsadida quyosh xizmati nomli kuzatish dasturi ishlab chiqilgan. Quyosh sirtida yuz beradigan barcha hodisalar, o’z navbatida, Yer atmosferasi, magnitosferasi va biosferasida ro’y beradigan ko’pgina jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. Quyoshni kuzatishda katta ko’zguli teleskoplar ishlatiladi. Bu teleskoplar optik qismlarining ko’pi qo’zg’almas, Quyosh nurlari bitta (geliostat, siderostat) yoki ikkita (tselostat) olam o’qi atrofida aylanuvchi ko’zgu yordamida teleskopning qo’zg’almas optik qismlariga gorizontal (gorizontal quyosh teleskopi) yoki vertikal (minorali quyosh teleskopi) holda yo’naltiriladi. Odatda, katta teleskoplar kuchli spektrograflar bilan birga ishlatiladi. Quyosh spektri rasmga olinadi yoki fotoelektrik o’lchash asboblari yordamida qayd qilinadi. Yer atmosferasini kuzatishda zararli ta’sirlarni bartaraf qilish maqsadida Quyosh teleskoplari o’rnatilgan orbital rasadxonalar yordamida yer sathidan 20^25 kilometr balandlikka ko’tariladigan maxsus Quyosh teleskoplari qo’llanadi. Sobit Ilyosov.