Qorasuv

Qorasuv — Andijon viloyatidagi shahar (1990 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 60 kilometr. Aholisi 29,2 ming kishi (2005). Qorasuvda bir necha sanoat korxonasi. Qurilish tashkilotlari, avtokorxona, aloqa bo’limi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji, kutubxona, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog’i mavjud. Kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatadi. Qorasuvdan Andijon shahriga va tuman markaziga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.