Paykal
Paykal (turkiycha pay — qism, ulush va fors-tojikcha kol — xandaq) — 1) marza, ariq, yo’l va boshqalar bilan ajratilgan katta ekin maydoni, sug’oriladigan da- laning bir qismi; sholikorlikda Pol; chek. 2) tarixiy-etnografik atama. Yozma adabiyotlarda dastlab Abu Abdulloh Xorazmiyning «Mafotih ul ulum» («ilmlar kaliti») asarida suv o’lchov birligi tarzida qayd qilingan. 1 Paykal 10 basta, basta esa eni va bo’yi 1 shair (taxminan 3 santimetr) bo’lgan teshikdan bir kecha-kunduzda o’tadigan suv miqdori. Keyingi davrlarda sath o’lchovi sifatida qo’llanilgan. Masalan, quyi Qashqadaryoda 50 tanob yoki 12,5 gektar yer 1 Paykal hisoblangan. O’rta Osiyoning bir qancha tumanlarda chek yerlarni shirkat (6-9 dehqon xo’jaligi) bo’lib ishlash, yerga jamoa bo’lib egalik qilish shakli bulgan. Bunday Paykallar Janubiy O’zbekistonda 20-asrning 1-choragiga qadar mavjud bo’lib keldi. Ochil Bo’riyev.