Pezogeofon
Pezogeofon (Yunoncha piezo — qisman va geofon) — tog’jinslari orasida tarqaladigan tovush to’lqinlarini qabul qilish uchun mo’ljallangan asbob. Unda qabul qiluvchi qurilma va-zifasini pezoelektrik datchik bajaradi. Pezogeofon biron bir metall narsa bilan tog’ jinslariga urilganda paydo bo’ladigan to’lqinlarni 70 metr chamasi masofadan qabul qiladi. Pezogeofon masalan, shaxtalarda tog’ jinslari to’satdan o’pirilishi natijasida falokat yuz berganda, kon xizmatchilari signal yuborgan joyini aniqlashda ishlatiladi. Pezogeofon tog’-kon qutqaruv xizmati qismlarining jihozlari jumlasiga kiradi.