Pezomagnetizm

Pezomagnetizm (Yunoncha piezo — bosaman, qisaman va magnetizm), pezomagnit effekt — tashqi bosim ta’sirida moddada magnitlanganlik xususiyatining hosil bo’lishi. Pezomagnetizm moddalarning magnit strukturasiga bog’liq. Pezomagnetizm faqat antiferromagnit kristallar (MnF2, CoF2 va G’e2O3)da kuzatiladi. Bu kristallarda magnitlanganlik kattaligi elastik kuchlanishga proportsionaldir. Pezomagnetizmga teskari effekt — antiferromagnetiklarning chiziqli magnito-striktsiya effekti ham mavjud. Bu effekt tashqi kuchlanishlar ta’sirida kristall o’lchami o’zgarishining magnit maydoniga proportsional bo’ladi.