Nitratlashtiruvchi bakteriyalar
Nitratlashtiruvchi bakteriyalar — ammiak va ammoniy Tuzlarini nitrat kislota tuzlari — nitratlarga aylantiruvchi bakteriyalar. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar nitratlashuv jarayoniga sabab bo’ladi. Ajralib chiqqan energiyani Nitratlashtiruvchi bakteriyalar organik moddalar sintezi uchun ishlatadi. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar tuproqda va suv havzalarida yashaydi. Ular ishqoriy yoki neytral muhitli, yaxshi aerasiyali tuprokdarda rivojlanadi. Shuning uchun nitratlashuv jarayoni yaxshi ishlov berilgan tuproqlarda jadalroq kechadi. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar muhitning organik moddalariga juda sezgir avtotrof organizmlardir. Rus mikrobiologi S. N. Vinogradskiy 1890 yilda ammiakni nitritgacha oksidlab, hujayra sintezi uchun energiya oluvchi va nitritlarni nitratlargacha oksidlovchi Nitratlashtiruvchi bakteriyalarni ajratib olgan.