Nitroammofoska

Nitroammofoska – tarkibida azot, fosfor, kaliy bo’lgan murakkab donador o’g’it. Unda suvda eruvchan shakldagi 12-18% N, 18-20% dan R2O5 va K2O bor. N.ni nitrat va fosfor kislotalarini ammiak yordamida neytrallab yoki apatitni nitrat kislota bilan parchalab va eritmani kaliy xlorid bilan aralashtirib olinadi. Qishloq.xo’jalik ekinlarining ehtiyojiga qarab N:P:K nisbati o’zgarishi mumkin. Nitroammofoska istiqbolli kontsentrlangan o’g’itdir. Barcha tuproq tiplarida asosiy, ekish oldidan va oziqlantirish o’g’iti sifatida turli qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llaniladi. Nitroammofoska bitum shimdirilgan qog’oz qoplarga solinib, quruq binolarda saqlanadi.