Niobiy
Niobiy (Niobium), Nb — mendeleyev davriy sistemasining.U guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 41, atom molekulasi 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. Niobiyning sun’iy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch.Xatchet 1801 yilda kashf qilib, «kolumbii» deb atagan; keyinchalik unga yunon afsonasidagi qahramon Bahodir Tantalning qizi ma’buda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga o’xshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907 yilda olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiya son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, ba’zan +4, +3, +2 va +1. Niobiy Yer po’stining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga bo’linadi: biri —tantalniobatlar, ya’ni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi — titan-tantal-Niobatlar, ya’ni tarkibida titan, tantal va Niobiy bo’lgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar Fe(NbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida G’e(Tao3)2 oz miqdorda bo’ladi. Loparit Me(NbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me— Na, sa, Se, Sr bo’lishi mumkin) ikkinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, Nodir-yer elementlari, uran, toriy va tsirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola yarim orolida bor. Niobiy — kulrang metall, zichligi 8,57 g/sm3; suyuqlanish temperaturasi 2477°, qaynash temperaturasi 4760° atrofida. Niobiy korroziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barkaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislorodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil bo’ladi. Ko’pchilik metallar bilan qotishmalar beradi. Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralashmasida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori temperaturada metallmaslar bilan reaktsiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuqlanish temperaturasi 1945°. Niobiy (U1)-oksid, NbO2 — qora rangli kristall, suyuqlanish temperaturasi 1917°, zichligi 5,98 g/sm3. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. Niobiy (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 1510°, zichligi 4,55 g/sm3. Niobiy po’latni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori sifatli po’lat olishda qo’llanadi.