Niqob

Niqob — maskarad, karnaval qatnashchisining o’zini tanitmaslik uchun yuziga kiyadigan (ko’z o’rni ochiqbo’lgan), ba’zan odam basharasini, xdyvon yoki afsonaviy maxduq boshini tasvirlaydigan maxsus qoplama. Hozirgi Niqoblar mag’zi soxta, plastmassa, rezina va boshqa materiallardan yasaladi. Niqob qadimgi zamonlarda ov qilingan hayvon va qushlarning tabiiy kallalari, po’staklari va patlaridan yasalgan. Odam timsollarini ko’rsatishda kalla suyaklari ishlatilgan. Keyinchalik ular o’lgan kishini eslash va ajdodlar ruhiga sig’inish bilan bog’liq marosimlarda qo’llanuvchi shartli tasvirlar bilan almashtirilgan. Yunon va Rim teatrida, Shark, mamlakatlari va qadimgi Xorazm, Baqtriya, Parkona (Davan), So’g’diyona davlatlaridagi an’anaviy shakldagi teatrlarda Niqobdan keng foydalanilgan. Afrosiyob, Xolchayon, Oyxonim, Tuproqqal’a kabi qadimgi shaharlardan topilgan Niqob tasvirlari shundan dalolatdir. Arxeologik qazishlar natijasida Afrosiyobdan (1 -asr) qo’lida Niqob ushlab turgan to’rt aktyorning tasviri, Tuproqqal’adan (3- asr) masxaraboz Niqobi topilgan. O’rta asrlarda Niqob masxarabozlar teatrida keng qo’llanilgan. Xorazm masxarabozlari «Xatarli o’yin» degan turkum tomoshalarida shu kungacha Niqobdan foydalanib keladilar. Mamlakatning boshka joylarida Niqob dor masxarabozlari tomoshalarida uchraydi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqalarning zamonaviy teatrlarida Niqob o’rniga ko’pincha niqobsimon grimlardan foydalaniladi. Shuningdek, bu mamlakatlar va ba’zi Afrika xalqlari tomoshalarida ot, sher, ajdarqo va boshqa hayvon hamda afsonaviy mavjudotlar ifodalangan Niqob liboslar keng tarqalgan. Muhsin Qodirov.