Nisbat, ikki son nisbati

Nisbat, ikki son nisbati — birinchi sonni ikkinchisiga bo’lishdan hosil bulgan bulinma. Kasr sonlarning Nisbatini butun sonlar Nisbati bilan almashtirish mumkin. Ikkita bir jinsli miqdor (kesma, burchak, yuz va boshqalar)ning nisbati deb, ularning sonli o’lchovlari tushuniladi. Ikkita kesma uzunligining nisbati ratsional son bo’lsa, ular o’lchovdosh, irratsional bo’lsa o’lchovdosh bo’lmagan kesmalar deyiladi. Bunday tushunchalar yuz, burchak va boshqalar uchun ham taalluqli.