Nisbiy harakat

Nisbiy harakat — moddiy nuqtaning shartli ravishda ko’zg’almas deb olingan asosiy sanoq sistemaga nisbatan ko’chib borayotgan harakatdagi sanok sistemaga nisbatan harakati. Inersial sanoq sistemaga nisbatan ma’lum tezlanish bilan harakatlanayotgan har qanday sanoq sistemasi noinersial sanoq sistemani tashkil etadi. Agar sanoq sistemasi S ilgarilanma harakatda bo’lsa, Koriolis tezlanish nolga teng bo’ladi; ilgarilanma harakat inersial bo’lsa, ko’chirma tezlanish ham nolga teng bo’ladi. Shu sababli, Nyutonning ikkinchi konuni mutlaq qo’zg’almas va inersial koordinata sistemalariga nisbatan bir xil yoziladi. Agar qo’zg’aluvchan koordinata sistemasi inersial bo’lsa, Nyuton ikkinchi qonunining ifodasida Koriolis va ko’chirma inersiya kuchlari bo’ladi. Koordinata sistemasi ilgarilanma harakatda bo’lsa, Koriolis va inertsiya kuchlari bo’lmaydi.