Nishotiy Muhammadniyoz

Nishotiy Muhammadniyoz (18-asr, Xorazm) — shoir. Xiva madrasalarida o’qigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol og’irligi tufayli Nishotiy Buxoroga kelgan, g’ariblik va muhtojlikda yashagan. Adaiy merosi «husnu dil» dostoni, «Qushlar munozarasi» manzumasi hamda 1500 misra she’r — 38 g’azal, 14 muxammas, 1 qasida va musaddasdan iborat. Lirikasi dunyoviy muhabbat mavzuida. Unda shoir o’z kechinmalari, zamona xaqidagi fikr-mulohazalarini ifodalagan, vafo, sadoqat, go’zallik va nafosatni kuyla- gan. «Qushlar munozarasi»da 14 xil qushning o’zaro bahsu munozaralari orqali o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik va boshqa majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug’langan. «Husnu dil» dostoni (1779) — shoir ijodining cho’qqisi. U Sharq xalqlari orasida mashhur syujet asosida nazmda yaratilgan. Doston 15584 misra, 62 bobdan iborat. An’anaviy kirish (1-5-boblar)dan so’ng shoir o’zi xaqida, dostonning yozilish sabablari, so’z va uning qudrati, xamsanavislar (Nizomiy, Xusrav Dexlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar) haqida fikr yuritgan. Asosiy qism 11-bobdan boshlanadi va asar xotima bilan yakunlanadi. Yetakchi mavzui — sevgi. U husn va dilning murakkab sarguzashtlarida o’z aksini topgan. Aql, Ishq, Vafo, Mehr, Nomus, Himmat, Sabr, raqib kabi obrazlarda kishilardagi muayyan xususiyatlar ifodalangan. Doston husn va dilning to’y tantanasi, ya’ni ezgulikning smonlik ustidan g’alabasi bilan tugaydi. Asarda Vatanni sevish, xalqparvarlik, ma’rifat va adolat, mardlik, sevgi-sadoqat, yaxshi xulq-odob kabi g’oyalar ilgari surilgan. Doston qo’lyozma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №1198, 7013, 1997, 1666, 1027), Samdu (inv. №21828) qo’lyozma fondlarida saqlanadi. As: tanlangan asarlar, T., 1960; husn va dil, Lirika, T., 1967. Ad.: Abdullaev V., Xoksor va Nishotiy, Samarqand, 1960; O’zbek adabiyoti tari-XI |5 j.li], 3-j., T., 1978.