Italyan tili

Italyan tili — italyanlar tili. Hind-Yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Shveytsariya, shimoliy sharqiy Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Italyan tilida 65 milliondan ortiq kishi so’zlashadi (1992). Italyan tili shevalari 3 katta guruhga bo’linadi: shimoliy, Markaziy va Janubiy Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin Italyan tili sifatida qayta tarkib topishi 6— 10-asrlarga to’g’ri keladi. 13-asrdan boshlab, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot bilan Italiya shevalari ichida Florentsiya (Toskan) shevasi alohida o’rin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. Italyan tilidagi so’zlar deyarli qo’sh undoshli bo’lib, unli tovushlar bilan tugaydi. Urgu so’zning oxiridan ikkinchi bo’g’iniga tushadi. Egalik olmoshi artikl bilan keladi. Gapda so’z tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida.