Parovoz

Parovoz (Paro… va ruscha vozit — eltish) — poyezdlarni releli yo’lda tortish uchun mo’ljallangan o’ziyurar bug’kuch qurilmasi; lokomotivning bir turi. Asosiy qismlari: qozon, bug’ mashinasi, ekipaj va tender. Keng (1524 millimetr) va tor (1000,900 va 750 millimetr) izda yuradigan, yuk va yo’lovchi poyezdlarini tortadigan, manyovr maqsadlarida foydalaniladigan xillari bor. Parovozda, asosan, ko’mir, neft, o’tin yoqiladi. Suv va yoqilg’i zaxirasi tenderda saqlanadi. Birinchi Parovozni Angliyada J. Stefenson 1829 yil yasagan, Rossiyada Parovozni ota va o’g’il E. A. va M. E. Cherepanovlar 1833— 34 yil yasashgan. Parovozlarning quvvati 4000 o. k.ga, tezligi 130 km/soat ga yetadi. 20-asr o’rtalaridan boshlab Parovoz o’rnini teplovoz va elektrovoz egallay boshladi.