Parpasha

Parpasha, paripasha (forscha) — nafis yo’lli nimshoyi mato; ko’kimtir kulrang tusga ega. Tanda iplari oq ipakdan, arqog’i to’q ko’k rangli ipdan qo’l dastgohida to’qilgan. To’qish jarayonida tanda iplari orasida maxsus qoldirilgan joylarda hosil bo’ladigan teshikchalar orqali arqoq ipini ko’rinishi ingichka yo’llar hosil qiladi. Parpasha Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan va boshqalar shoyi to’kish markazlarida ishlab chiqarilgan. Buxorolik ustalar ip va ipak iplarini teng miqdorda ishlatganlar. Ipak ko’p ishlatilgan Parpasha qimmat bo’lib, nihoyatda qadrlangan. Parpashadan, asosan, paranji tikilgan, shuningdek, erkaklar uchun to’n ham tayyorlangan.