Ishkashim, Shikasim, Sakasem
Ishkashim, Shikasim, Sakasem (mahalliy aholi talaffuzida Shikoshum) — tog’li Badaxshondagi tarixiy tuman va shahar. Panj daryosining yuqori oqimida joilashgan. «Saka» va «sama» so’zlari hind-oriy tillarida «Saklar mamlakati» ma’nosini bildiradi. 10-asrda Ishkashim Vohon hokimligining Markaziy shahri bo’lgan. 14-asrda Marko Polo Skasem, ya’ni Ishkashim deb ataluvchi katta viloyat haqida so’zlab, uning aholisining tili boshqalardan farq qilishini qayd etgan. Darhaqiqat Ishkashim va Vohon tili qo’shni viloyatlar tillaridan hozirgacha ajralib turadi. Qadimda Ishkashim Vohon zardushtiylarining diniy markazi rolini o’tagan. Ishkashim atrofidan miloddan avvalgi 8-6-asrlarga oid mozorqo’rg’on topilgan. Undagi dafn udumi zardushtiylikning mahalliy ko’rinishi talablariga ko’ra, amalga oshirilgan, uning tarkibiga qadimgi pomirliklarning tog’echkisiga sig’inishi amallari ham kirgan. Ilk o’rta asrlarda vohonliklar olov va Quyoshga sig’inganlar. Ishkashimda «Ramuzd» so’zi Quyoshni anglatib, u zardushtiylar Xudosi Ahuramazda nomini o’zgartirilgan shakli bo’lgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX— nachala XIII vv. T., 1996.