Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini iste’mol va investitsiyalar uchun mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari bo’lishini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va iste’mol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu bo’limlarning har biri ko’plab xo’jalik tarmoqlaridan iborat bo’lib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari yaratiladi. Birinchi bo’limning ikkinchi bo’limga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat bo’lmay, balki taqsimot, ayirboshlash va iste’molnya o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining o’zgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma a’zolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.