ISHLAB CHIQARISHNI KOOPERASIYALASH

ISHLAB CHIQARISHNI KOOPERASIYALASH — i.ch. ni tashkil qilish shakli, ma’lum bir mahsulotni hamkorlikda tayyorlash uchun korxonalar o’rtasida maxsus i.ch. aloqalari. Ijtimo- iy mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari I.ch.k. rivojlanib boradi va u, birinchi navbatda, korxonalarning cheklangan tur- dagi mahsulot, mahsulot qismlarini i. ch.ga ixtisoslashuvida ko’rinadi. Bu ja- rayon korxonalar o’rtasida raqobat kura- shini x.am oshiradi. I.ch.k. ixtisoslashtirish shakllari- dan biri bo’lib, korxona va tarmoqlar o’rtasidagi aloqalar ixtisoslashtirish- ning kengayishiga, yangi tarmoqlar Vu- judga kelishiga, eskilarning bo’linib ketishiga sabab bo’ladi (q. Ishlab chi- tsarishni ixtisoslashtirish). Koopera- tsiyalash xalq xo’jaligida i.ch. imkoni- yatlarini oshiruvchi vosita bo’lib, i.ch. quvvatlaridan yaxshiroq foydalanishga, i.ch. jarayonini tezlashtirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon beradi, natijada mehnat unumdorligi oshadi. I . ch . k. agre-gatlar bo’yicha (predmetli) kooperasiyalash (murakkab maxsulot ish- lab chiqaruvchi bosh korxonaga bir qator korxonalar shu mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo’lgan qismlar, mas, motor, nasos, kompressor va b. lar etkazib be- radi), detallar bo’yicha kooperasiyalash (bunda qator ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga detal va qismlar — pod- shipnik, porshen, gilza, tsilindr, re- duktor va b. etkazib beradi); texnologik (bosqichli) kooperasiyalash (bir korxona ikkinchisi uchun alohida tex-nologik jarayonlar va ishlarni ba-jarib beradi) kabi ko’rinishlari bor. Hududiy jihatdan kooperasiyalash- ning mahalliy (shu xududning o’zidagi i.ch. korxonalari o’rtasidagi aloqa) va mintaqaviy (bir necha hududlardagi i.ch. korxonalari o’rtasidagi aloka) shakllari bor. Kooperasi-yalashgan aloqalar vaqt jihatidan D o -i m i i (bunda korxonalar i.ch. xarakteriga ko’ra, o’zaro bog’langan bo’ladi, ya’ni muayyan mahsulotning bir qismi birinchi korxonada tayyorlansa, boshqa qismi ikkinchi korxonada tay- yorlanadi) yoki vaqtinchalik (bunda kor- xonalar bir-biri b-n ehtiyojga ko’ra, vaqtincha bog’lanadi) bo’lishi mumkin. Kooperasiyalashgan aloqadagi korxona- lar soni va tayyor mahsulot tannarxida kooperasiya orqali etkazilgan de-tallar, uzellarning salmog’i I.ch.k. da-rajasi ko’rsatkichlari hisoblanadi. I.ch.ni IX- tisoslashtirish rivojlangan sari ko- operasiyalashgan aloqalar ham rivoj- lanib boradi. Bu jarayon avtomo-bil- sozlik, traktorsozlik, aviasozlik kabi sohalarda yaqqol ko’rinadi. Mac, dunyoga mashhur «Toyota» avtomobil Kompani- yasi minglab kichik va o’rta kompaniyalar b-n kooperasiyalashgan holda hamkorlik qiladi. O’zbekistonda I.ch.k. mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, qurilish Mate- riallari kabi sanoat tarmoklarida, q.x. da yaxshi rivojlangan. Mac, paxta teradi- gan mashinalar, traktorlar, samolyotlar, oziq-ovqat i.ch. da ko’plab mustaqil kor- xonalar o’zaro kooperasiya aloqalariga ega.