ACHE
ACHE — Sumatra oroli (Indoneziya) shimolda mavjud bo’lgan sultonlik (16 — asr boshi — 20 — asr boshi). Indoneziyada Islom dinining tarqalishi markazlaridan biri. Ache kuchaygan davrida (17-asr birinchi yarmi) uning mustaqilligini Sumatraning aksariyat xonliklari va Malayyaning g’arbidagi xonliklar tan olgan. Ache murch savdosiga ixtisoslashgan; kuchli floti bo’lgan. 16 — 17 — asr boshlarida Ache portugaliyaliklar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1641 yil Gollandiya Malakkani bosib olib Achega tobe mulklar ichiga kirib borishi bilan Achening obru-e’tibori tushib ketgan. 1873 — 1904 yillarda Gollandiya Achega qarshi mustamlakachilik urushi olib borgan. Ache xalqi Teuku Umar va Teungku Chik Di tiro va boshqalar rahbarligida bosqinchilarga qarshi mardona kurashganlar. Partizanlik harakati 1913 yilgacha davom etgan. Indoneziya Respublikasida Ache — viloyat (1956 yildan).