Ishlab chiqarishni tashkil etish
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng ma’qul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish grafiginit buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va boshqalarda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqarishning o’sishi xarajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-texnik darajasini ta’minlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizasiyalash jarayoni, ishlab chiqarish bo’g’inlarini boshqarish va nazorat ishlari ham Ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim xarakterini oladi, pirovardida jamiyat iste’molining maksimal qoniqishlarini, ya’ni yetarli ishlab chiqarishni hosil qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish bo’g’inlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan ibo- rat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib, vaqtni minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining to’xtovsiz o’tishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan to’liq foydalanish im- ko-niyatni beruvchi uchastkalarning o’zaro moslashuv xususiyati. Takroriylik mu- ayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslash- tirish, kontsentrasiyalash va kombinasi- yalashdir. I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga ko’ra, funktsional (kontsentrasiya, ixti- soslashtirish, kooperasiyalash va i.ch.ni kombinasiyalash orqali yangi i.ch. tizim- larni yaratish yoki eskilarni takomillash- tirish), makon (tsexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch. majmu- alari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga ko’ra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo’lgan texnologik jarayonlarini o’z ichiga ol- gan) ko’rinishlari bor. I.ch.t.e. ning xususiyatiga ko’ra, potok l i (i.ch. ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tay- yorlanadi), yakka tartibda (alohida uchast- kalarni texnologik ixtisoslashda namo- yon bo’ladi) va partiyalab, to’p-to’p qilib i.ch. (po-tokli va yakka tartibda mahsulot i.ch.ni ham o’zida mujassam etadi) ko’ri- nishlari bor. I.ch.t.e. da ishlab chiqarish tsikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydala- nish va ularni o’z vaqtida sifatli qilib ta’mirlash I.ch. t.e. ning muhim vazifa- siga aylangan.