ACHINSK

ACHINSK — Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasidagi shahar (1782 yildan). Chulim daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 122 ming kishidan ziyod (1999). Tegirmon, go’sht, glinozyom kombinattlari, tikuvchilik va mebel fabrikalari, mexanika, pivo, neftni qayta ishlash zavodlari bor. Achinsk yaqinidan ko’mir va ohaktosh qazib chiqariladi. O’lkashunoslik, tarix muzeylari, teatr bor. Achinskga 1682 yilda asos solingan.