Millat

Millat — uzoq davom etgan ijti- moiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o’zlikni anglash birligi asosida shak- llangan xalq etnik tari-Xining eng yuk- sak cho’qqisi, o’ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib toptan ij- timoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madani- yat, ong, ruhiyat uygunligi va mushta- rakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud bo’lib, xalq atamasi juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Mas, keng ma’- noda: o’zbek xalqi, nemis xalqi va b. Shu- ning uchun ijtimoiy fanda xalqlarning kelib chiqish tarixini o’rganishda etnos b-n bir qatorda etnik birlik atamasi ham ishlatiladi. Chunki u ma’lum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan et- nik uyushma: anik, bir xalqqa nisbatan ishlatiladigan atama. Fanda xalqning shakllanish jarayoniga nisbatan etnoge- nez atamasi ishlatiladi. Etnogenetik jarayon esa xalqning uzil-kesil shaklla- nishi b-n yakunlanadi. Shakllangan xalq o’z etnik nomiga, hududiy til birligiga, iqtisodiy-xo’jalik va etnomadaniy bir- ligiga, o’zlikni anglash birligi va nihoyat siyosiy uyushmasi (davlat)ga ega bo’lishi taqozo etiladi. Shuning uchun xalqning shakllanishi M.ning shakllanishi degan so’z emas. Chunki etnos shakllanish jara- yonida asosan, 3 bosqichni bosib o’tadi. Uning l-bosqichi — qabila; 2-bosqichi — elat, 3 — bosqichi— M.dir. Etnik bir- likning bu 3 turi, o’z navbatida, har xil tarixiy davrlarning ijtimoiy mahsuli hisoblanadi. Ulardan kabila kishilik tarixining ibtidoiy bosqichiga xos etnik birlik, patriarxat urug’jamoa- larining uyushmasi, qabila a’zolari- ning bir-birlari b-n qonqarindoshlik munosabatlarini saqlashi va urug’larga bo’linishi xususiyatlari b-n o’zidan key- ingi tarixiy bosqichdagi etnik birlik- dan (elat, ya’ni xalqdan) mazmun va zamon jihatidan farq qiladi. Demak, qabila ilk inson jamiyatining taraqqiy etgan etnik jamoasi bo’lib, uning boshqaruv tizimi qabilaviy demokratiyaning eng yuksak tamoyillari asosida, ya’ni o’z- o’zini idora qilish urug’qabila Sardor- laridan tashkil topgan maslahat maj- lisi — oqsoqollar kengashi tomonidan olib boriladi. Jamiyatdagi iqtisodiy-xo’jalik, ma- Daniy va etnik alokalarning tobora ri- vojlanib borishi natijasida bir necha qabilalarning birlashishi yuz beradi. Qabilalarning birlashishi jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga ke- ladi. Bu etnik birlik ma’lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy til va et- nomadaniy umumiylik asosida shaklla- nadi. Shakllangan yangi etnik birlikni ifodalash uchun fanda elat, ya’ni xalq atamasi kabul qilingan. Etnik birlik- ning elatdan keyingi shakli M. bo’lib, uning shakllanishi elatning tshakllanish jarayoni kabi uzok, davom etadigan ij- timoiy voqelik, M. etnik tarixining, elatning eng yuqori.cho’qqisi, Kamolot bosqichiki, bu bosqichga ko’tarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati, birinchidan M. nomi b-n yuritiladi; ik- kinchidan uning aniq hududiy chegarasida muomalada bo’lgan umummillat tili dav- lat tili maqomi darajasiga ko’tariladi; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining daxleizligi tan olina- Di; to’rtinchidan M. va unga xos menta- litet shakllangan bo’lib, fuqarolarning o’zlikni anglash darajasi ularning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga ay- lanadi va nihoyat beshinchidan davlat ja- miyat tomonidan boshqariladi. M.ni til, hudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillar- dan biri iqtisodiy negizdir. M.ning iqtisodiy — xo’jalik birligi asosida til va hudud hamda etnomadaniy birlik paydo bo’ladi. M.ning iqtisodiy va si- yosiy birlashishi elatlarning yozma ada- biy tili va xalq og’zaki tilining sheva va lahjalarining yaqinlashishi asosi- da yagona milliy adabiy tilning paydo bo’lishiga olib keladi. Shevalar o’rnini milliy til egallaydi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko’tarilishi M. nomi b-n atalgan davlatning mustaqillik bel- gilaridan nishonadir. M. — mustaqil davlat belgisi. Uning mustahkam za- mini — davlat iqtisodiy siyosatining barqarorligi M.ning shakllanish dara- jasiga va fuqarolarining o’zligini an- glash darajasiga bog’liq. Bundan o’zbek M.i istisno emas. Ad.: Shoniyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Ibrohimov A.,’Sultonov X., Jo’raev X., Vatan tuyg’usi, T., 1996; Jabborov I., O’zbek xalqi etnografiyasi, T., 1994.