Mehnat shartnomasi

Mehnat shartnomasi — xo- dim b-n ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda taraflar kelishuvi, shuning- dek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va b. normativ xujjatlar b-n belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv. U mehnatga oid mu- nosabatlarni huquqiy jihatdan tartib- ga solishni ta’minlashda muhim o’rin egallaydi. O’zbekiston Respublikasi MKda M.sh.ningtaraflari ko’rsatilgan. M.sh.ning bir tarafi —ya’ni xodim si- fatida ish beruvchi b-n M.sh. tuzgan O’zR fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo’q shaxslar bo’lishi mumkin. M.sh.ning ikkinchi ta- Rafi — ish beruvchi quyidagilar bo’lishi mumkin: korxonalar, shu jumladan, ular- ning alohida tarkibiy bo’linmalari o’z rahbarlari timsolida; mulkdorning o’zi ayni bir vaqtida rahbar bo’lgan xususiy korxonalar; 18 yoshga to’lgan fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foy- dalanishi (mas, uy xizmatchisi, enaga, shofer, mashinkachi b-n M.sh. tuzish) mumkin. M.sh. taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shart- lari M.sh.ning mazmuni hisoblanadi. M.sh.ning ayrim shartlari bevosita qonun xujjatlarida nazarda tutiladi (mas, mehnat ta’tilining eng kam mud- dati, barcha xodimlar uchun eng ko’p ish vaqti; in-tizomiy jazo turlari va ular- ning qo’llanish tartibi va b.). Ishlab chikiladigan M.sh. shartlari zarur va qo’shimcha shartlarga bo’linadi. Zarur shartlar (mas, ish joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va b.) ta- raflarsiz tuzilishi mumkin bo’lmagan shartlardir. Majburiy bo’lmasa ham, taraflarning xohishiga ko’ra, kiriti- lishi mumkin bo’lgan shartlar qo’shimcha shartlar hisoblanadi [mas, ishga qabul qilishda sinov belgilash, kasb(lavozim) larni qo’shib olib borish to’grisida, to’liqsiz ish vaqtini belgilash va b.]. M.sh.ni tuzish paytida xodimlarga qonun va b. normativ xujjatlar b-n belgilan- gan mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat vazifasining bajarilishi, ya’ni muayyan mutaxassis- lik, malaka yoki lavozim bo’yicha ishni ba- jarish; xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga bo’ysunishi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat jamoasiga qo’shilishi M.sh.ning asosiy belgilari xisoblanadi. M.sh. yozma shak-lda, bir xil kuchga ega bo’lgan kamida 2 nusxada tuzi- ladi. M.sh. nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga va mu- ayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin. Agar M.sh.da uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, bunday hodda M.sh. nomuayyan mud- tsatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomu- ayyan muddatga tuzilgan M.sh. xodimning roziligisiz muayyan muddatga mo’ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Muddatli M.sh. bajarilajak ishning xususiyatla- ri, uni bajarish shartlari xodimning manfaatlarini hisobga olib, nomuayyan muddatga mo’ljallangan M.sh.ni tuzish mumkin bo’lmagan takdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuzi- ladi. M.sh. imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim o’ziga yuklatilgan mehnat vazifalari b-n tanishtirili- shi lozim. M.sh. taraflar kelishuviga asosan dastlabki sinov belgilash shar- ti b-n tuzilishi mumkin. Ayrim toifa xodimlar, jumladan, homilador ayollar, 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, kor- xona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga Kabul qilinganda, shuningdek, 6 oygacha muddat- ga M.sh. tuzilganda dastlabki sinov bel- gilanmaydi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas. Dast- labki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf 2 — tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, M.sh.ni bekor qilishga haqlidir. Gulnora Sarimsoqova, Anvar Ino- yatov.