Mehnat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasi — tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirish- ning zarur shartlaridan biri bo’lgan pedagogik jarayon. M.t. kishidan ijti- moiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, in-tizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko’zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat in- son extiyojlarini qondirishning birin- chi va asosiy vositasi bo’lganligi uchun ham M.t. tarbiyaning boshqa hamma turla- ridan oldin paydo bo’lgan. M.t. g’oyat keng falsafiy-pedagogik ka- tegoriya bo’lib, «mehnat ta’limi», «kasb- ga yo’naltirish», «politexnik ta’lim», «kasb ta’limi» singari tu-shunchalarni o’z ichiga oladi. M.t. berish hamma zamon- larda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi bo’lib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bi- tiklarda M.t. ga katta e’tibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi) lardan farqli tarzda M.t. deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirish ko’zda tu- tilmagan. M.t., avvalo, oilada bola o’zini anglay boshlashi b-noq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar go’daklik bosqichiga o’tishlari b-noq, ularga dast- labki M.t. berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat iste’molchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, ma’naviyati kemtik shaxs ham bo’lib shakllanishi mumkin. Bolalarga M.t. berishda bog’cha, MAK- Tab singari ijtimoiy pedagogik mu- assasalar katta o’rin tutadi. Chunki bu mu- assasalarda M.t. ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. M.t.ni tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatla- ri, ruhiy, akliy va jismoniy imkoni- yatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Bola- ning imkoniyatlaridan engil M.t. ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatla- ridan og’ir topshiriqlar bolalarni bez- dirishi mumkin. M.t.ni amalga oshirish- da tizimlilik va in-tizom bo’lishiga qat’iy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham etarlicha M.t. ololmasligi mumkin. M.t. uchun MAK- Tab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, o’qish jarayonining o’zi og’ir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga o’z vaqtida kelib-ketish, o’qish-yozishni o’rganish, berilgan bilimlarni egallash uchun o’quvchilarga M.t. berilgan bo’lishi kerak. Chunki o’quv topshiriqlarini ba- jarish, dars o’zlashtirish, o’tilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerak- li matnlarni yodlash, ko’chirmalar olish, Lu-g’atlar b-n ishlay olishi uchun o’quvchi muayyan in-tizomga rioya etishi, tashki- lotchilik qobiliyati va ishchanlik xusu- siyatiga ega bo’lishi, ishning ko’zini bi- lishi kerak. M.t.da, avval aytilganidek, mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish jarayonlarining ham o’rni katta. Chunki bu jarayonlarda o’quvchilar bevosita te- gishli mehnat ko’nikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qo’llash bosqichini o’taydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yo’nalishi o’ziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’- limi imkon qadar xilma-xil bo’lishi hamda o’quvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur. O’zbekiston Respublikasining «Ta’- lim to’g’risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y. 29 avg.)ga muvofiq, o’rta maxsus ta’lim bosqichining majburiy bo’lganligi o’zbek o’quvchilariga M.t. berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich to’liq kasbga yo’naltirilgan bo’lib, kasb- hunar kollejlari o’quvchilari bevosita o’zlari tanlagan kasblarga doir ko’nikma va malakalar shakllantirsalar, akademik lisey o’quvchilari kelajakda egallay- digan kasblarning nazariy asoslarini o’zlashtiradilar. Oliy ta’limning ba- kalavriat va magistratura bosqichlarida M.t. bevosita kasb ta’limi b-n qo’shib amalga oshiriladi. M.t. berishda o’quvchilarning bo’sh vaqtidan to’g’ri foy- dalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bola- larning o’quv rejasida ko’zda tutilgan, mehnat amaliyotini o’tashlarini to’g’ri tashkil etish, ularni bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi to’garaklarga ko’proq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qozoqboy Yo’ldoshev.