Malta
Malta (Malta), Malta Res- publikasi (Republika ta’Malta) — O’rta dengiz Markaziy qismidagi Malta ar- xipelagi orollar guruhida joylashgan davlat. Orollarning yiriklari: Malta, Goso va Komino. Mayd. 396 km2. Aholisi 394 ming kishi (2001). Poytaxti — Val- Letta sh. Davlat tuzumi. M. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibi- ga kiruvchi respublika. Amaldagi kon- stitusiyasi 1964 y.da qabul qilingan; unga 1974, 1987 y.larda tuzatish va o’zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (1999 y. 4 apr. dan Gvido de Marko); u parlament tomo- nidan 5 y. muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi hokimiyatni Vakillar pala- tasi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati. Malta o.ningjan. vajan.- g’arbiy qirg’oklari tik, ko’p gor bor, shim. va shim.-Sharqiy qirg’oqlari past va qulay gavanlardir. Orollar, asosan, ohaktoshlar, gil tuproqlardan tashkil topgan. Platolar kup. Iklimi — O’rta dengiz iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi iliq, yomg’irli. Fev.ning o’rtacha t-rasi 12°, avg.niki 25°. O’rtacha yillik yog’in 530 mm ga yaqin. Oqar suvlari kam. Aholisining 98% ga yaqini mal- tiylar; inglizlar va italyanlar ham yashaydi. Katolik dinihukmron. Ras- miy til — Malta va ingliz tillari. Aholining 85% shaharlarda yashaydi. Yi- rik shaqarlari: Valletta, Birkirkara, Xamrun, Rabot, Viktoriya. Tarixi. M. hududida odamlar mil. AV. 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol mil. AV. 13-a.dan finikiylar, Karfagen- lar, rimliklar, mil. 395— 870 y.larda Vizantiya, 870-1091 y.larda arablar ko’l ostida bo’lgan. 1091 y.da M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Si- tsiliyaga birlashtirildi. 1530 y. M.da Ioannitlar (diniy risarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800 y. M.ni Buyuk bri- Taniya bosib olib, mustamlaka deb e’lon qildi. 1869 y. Suvaysh kanali ochilgani — dan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning O’rta den- gizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. 1jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining o’sishi natijasida 1921 y. Buyuk Britaniya M.ga o’zini o’zi boshqarish maqomini berishga majbur bo’ldi, biroq 1930 y. u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. 2-jahon urushidan key- in milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947 y.gi Konstitusiyaga muvofiq o’zini o’zi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964 y. 21 sent.da M. Hamdo’stlik doira- sida mustaqillikka erishdi. 1974 y.dan respublika. 1979 y. M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987 y. Konstitusiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qo’shilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964 y.dan BMT a’- zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatini 1993 y. 25 Fev.da o’rnatdi. Milliy bay- ramlari: 31 mart — Ozodlik kuni (1979), 21 sent. — Mustaqillik kuni (1964), 13 dek. — Respublika kuni (1974). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Millatchi partiya, 1980 y.da tash- kil etilgan. M. leyboristlar partiya- si, 1920 y.da tuzilgan; M. kommunistik partiyasi, 1969 y.da asos solingan; M. demokratik partiyasi, 1985 y.da tashkil etilgan; demokratik alternativa par- tiyasi, 1989 y.da tuzilgan. Umumiy ishchi- lar Ittifoqi kasaba uyushmasi, 1943 y.da tashkil etilgan; M. kasaba uyushmalari konfederasiyasi, 1958 y.da tuzilgan. Xo’jaligining asosiy tarmoqlari — tranzit yuk tashish operasiyalari va xorijiy sayyoxlarga xizmat ko’rsatish (yiliga 1 mln.dan ortiq xorijiy sayyoh kelib-ketadi). Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 26,5%, q. x. ulushi — 3,3%. Sanoatning etakchi tarmoqlari — to’qimachilik, tikuvchilik, poyabzal sanoati b-n birga mashinasozlik, kimyo va elektron sanoati ham rivojlangan. Ke- masozlik va kema ta’mirlash korxonala- ri bor. Yiliga 1190 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, ko’n-poyabzal, keramika, kimyo korxonala- ri barpo etilgan. Osh tuzi va imoratbop tosh qazib olinadi. Q.x.da dehqonchilik etakchi o’rinda. Subtropik mevachilik va tokchilik, gulchilik birmuncha rivojlan- gan; bug’doy, arpa, jo’xori, kartoshka, sab- zavot va paxta etishtiriladi. Qo’y, echki, cho’chqa, qoramol, eshak, xachir, yilqi, par- randa va kuyon bokiladi. Vallettada dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga to’qimachilik mahsulotlari, vino, sabzavot, gul va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilg’i, kimyo mahsulotlari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya. Pul birligi — Malta lirasi. Maorifi, madaniy-ma’rifiy muas- sasalari. Maorif sohasi inglizcha tizim asosida tarkib topgan. Kichkintoylar uchun 2 y.lik maktab va haqiqiy 6 y.lik boshlang’ich maktabdan iborat boshlang’ich ta’lim va 7 y.lik o’rta ta’lim joriy etilgan. Davlatga qarashli bepul MAK- tablardan tashkari, xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan 16 yoshgacha o’qish majbu- riy. Valletgada M. Qirollik unti (1592) mavjud. Bir qancha ilmiy jamiyatlar bor. Vallettada Milliy kutubxona, M. Qirollik unti ku-tubxonasi, Goso o.da ommaviy kutubxona, M. Milliy muzeyi, rasmlar galereyasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: «Malta gavernment ga- zett» («Malta hukumat gazetasi», in- gliz va Malta tillarida chiqadigan gaz., 1813 y.dan), «orizont» («Ufq», Malta tilida chiqadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), «alternativa» («muqobil», Malta tilida chiqadigan gaz., 1989 y.dan), «tayme» («vaqt», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1935 y.dan), «Mument» («harakat», Malta tilida chiqadigan haftalik, 1972 y.dan), «San- Di tayme» («yakshanba vak,ti», ingliz tilida har yakshanbada chiqadigan gaz., 1922 y.dan), «Torcha» («Mash’al», mal- ta tilida chiqadigan gaz., 1944 y.dan). «Malta brodkasting Osoriti» (MVA) teleko’rsatuv va radioeshittirish xizma- ti 1961 y.da tashkil etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Malta va Goso o.larida neolit davriga oid toshdan qurilgan noyob insho-otlar (Xal-Tarshin, Mnaydra va b.) saqlanib qolgan. 16-18-a.larda isteh-kom insho- otlari barpo etilgan, M.ning yangi poy- taxti — Valletta sh. qurila boshlagan, Mdina sh. uyg’onish va barokko me’morli- gi ruhida qayta qurilgan. Bu davrda ja- moat binolari, cherkovlar, kaerlar barpo etilgan. 19-a. va 20-a. 1-yarmi imoratlari orasida Mostada barpo etilgan doyra shaklidagi gumbazli cherkov, Valletta- dagi opera teatri, Goso o.dagi ta-Pinu bazilikasi alohida ajralib turadi. M. hududidan neolit davriga oid so- Pol idishlar, tosh va terrakotadan yasal- gan haykalchalar va h.k.lar topilgan. 17-a.da barokko va klassisizm uslubi- da ishlaydigan mahalliy me’morlar va haykaltaroshlar etishib chikdi (me’- morlar J. Kassar, L. Gafa, S. Ittar, D. Grone de Vasse, xaykaltarosh M. Gafa va b.). Malta — yuqori paleolit davri manzilgohi. Irkutsk sh.dan 85 km g’arbda, Malta qishlog’i yaqinidagi Belaya Daryo- si sohilida joylashgan. 1928 y. M. M. Gerasimov topib, 1959 y.gacha o’rgangan. Bir paytda mavjud bo’lgan turli xildagi engil ko’chma turar joylar (chum, erto’la, yarim erto’la) ochilgan. M.liklar bug’u, mamont, junli nosoroglarni ovlashgan. M.dan suyakdan ishlangan 20 ga yakin ayol ma’budalari haykalchasi, uchib ketayotgan qushlar surati solingan hayvon suyagi parchalari, juda kup tosh va suyak qurollar (pichoq, igna, paykon) hamda 3-4 yoshli bola skeleti topilgan. Skelet atrofiga qizil oxra sepilgan. Qabr usti 3 ta tot taxta b-n berkitilgan. Qabrdan zebziy- nat buyumlari, suyakdan ishlangan qush haykalchalar, nayza, sanchqi va b. ashyolar topilgan. Ushbu yod-gorlik ibtidoiy ja- miyatning matriarxat davriga oid bo’lib, o’sha davr hayoti haqida tasavvur beradi. Ad.: Gerasimov M. M., Malta-Paleo- liticheskaya stoyanka, Irkutsk, 1931.