ACHCHIQSUV
ACHCHIQSUV — Farg’ona viloyatining Janubiy-g’arbidagi soy. Qirg’iziston hududidagi Batken-Bujum vodiysidan boshlanadi. Ko’lbuloq, Qorako’l, Zakanariq, Chilg’ozli irmoqlari qo’shilib Achchiqsuvni hosil qiladi. Buloqlardan suv oladi. Uzunligi 54 kilometr. Dastlab shimol tomon oqadi. 30 kilometr masofagacha tog’ oralig’idagi tekis vodiydan, so’ng chuqur vodiylar hosil qilib, Guzan va burgan adirlarini kesib o’tadi va tekislikka chiqadi. O’rtacha yillik suv sarfi 4 metr kub/sekund. Bahor va kuz oylarida to’lib oqadi. Achchiqsuv Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani yerlarini sug’oradi.