Musharraf Parviz
Musharraf Parviz (1943.11.8, Dehli) — Pokiston davlat arbobi, Ge- neralleytenant (1995). 1975-61 y.larda Karochi va Lohurdagi bilim yurtlarida, Buyuk Britaniya Qirolligi mudo-FAA tadqiqotlari kollejida o’qigan. Po- kiston harbiy akademiyasini tugatgan (1964). 1964 y.dan Pokiston qurolli kuchlari safida. 1965-71 y.larda Max- sus «kommandos» bataloni,1991 y.dan piyoda qo’shinlari diviziyasi, 1995 y.dan korpus qo’mondoni. 1998 y.okt.dan armiya shtabi boshlig’i, 1999 y. apr.dan poki- ston qurolli kuchlari shtab boshliqlari Birlashgan qo’mitasi raisi. 1999 y. 12 okt.dagi harbiy to’ntarish natijasida ijroiya hokimi-yat rahbari. 2001 y. 20 iyundan Pokiston Islom Respublikasi prezidenti.