Mushel Georgiy Aleksandrovich

Mushel Georgiy Aleksandrovich (1909.29.7, Tambov — 1989.27.12, Tosh- kent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at ar- bobi (1944). Moskva konser-vatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriya- sida o’qituvchi, prof. (1976). O’z ijodida Evropa kompozitorlik (mas, M.Ravel, S. Prokofev) musiqasi an’analarini davom ettirib, o’zbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslu- blarga ijodiy tayangan. O’zbekistonda birinchilar katori simfoniya (1938), balet, kamer musiqa janrlari rivo- jiga asos solgan. «Farxrd va Shirin» operasi (V.Uspenskiy b-n hamkorlikda, 1957), «Muqimiy» (1953), «Ravshan va Zulxumor» (T.Jalilov b-n, 1957) kabi musiqali dramalar, «raqqosa» (1952), «Vaxt guli» (1959), «Kashmir afsona- si» (1961), «Samarqand haqida afsona» (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortepi- ano va orkestr uchun 6 kontsert, skripka va orkestr uchun kontsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan, «24 prelyudiya va fuga», 1975), romans, qo’shiq, kino- filmlarga musiqalar muallifi. M. rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq tasviriy asar yaratgan. Tosh- kentda M. nomidagi yosh musiqachilar tan- lovi o’tkaziladi (1994 y.dan). Ad.: Pekker Ya., Georgiy Mushel, M., 1966.