Mushk, ipor

Mushk, ipor, ufor, muskus — hayvon yoki o’simliklarning o’tkir hidli mod- dasi. Hayvon M.i M. bezlaridan hosil bo’ladi. Hayvon o’zi yasha-yotgan hududni belgilashda, o’z turiga mansub boshqa jinsli hayvonlarni jalb qilishda va b. hollarda kimyoviy signal vazifasi- ni o’taydi, shuningdek, suvda yashaydigan ba’zi sut Emi-zuvchi hayvonlarda juni-ni moylashga xizmat qiladi. O’simlik M.i kovrak ildizi, gulhayrilar mevasi va b.dan olinadi. Hayvon M.ining hid beruvchi moddasi asosi makrosiklik ke- tonlardan, o’simlik M.iniki — makro- tsiklik lakton (tibetolid, ambrettolid) lardan iborat. M.dan parfyumeriya sano- atida foydalaniladi. Tabiiy M. o’rniga kuchli hid taratadigan sintetik modda- lar (mas, ksilol-M., keton-M. va b.) ham ishlatiladi.