Mushketov Ivan Vasilevich

Mushketov Ivan Vasilevich [1850.9 (21).1, Alekseevskaya stanisasi, hoz. Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geogra- Fi. Peterburg konchilik in-tini tugat- gan (1872), 1877 y.dan Geologiya qo’mitasi ad’yunkt-prof. 1874-75, 1877-80 y.larda O’rta Osiyoning geol.sini o’rganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini «tur- kiston» asarida (1-2 t., 1886-1906) bayon etdi. M. O’rta Osiyoning geologik va orografik tavsifini ezdi. Sirdaryo vodiysini o’rgandi. 1881 y.da g.D.Roma- novskiy b-n birgalikda Turkistonning geologik xaritasini tuzdi. M., shuning- dek, Kavkazning geologik tuzilishi, muz- liklari, mineral suvlari va foydali kazilmalarini o’rgandi. 1887 i. Verniy (hoz. Olmaota) sh.da bo’lib o’tgan kuch- li zilzilaning sabab va oqibatlarini tadqiq etdi. M. «Fizik geologiya» qo’llanmasini ham yozgan (1888-91). M. nomiga Sibir, O’rta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik ob’ektlar (Mushketov tog’i, Mushketov muzligi va b.) qo’yilgan. As: «Fizicheskaya geologiya» (ch. 1-2, SPb, 1888-91, oxirgi nashri 1935); Vernenskoe Zemletryasenie 1887, SPb, 1890. Ad.: Vayner L. A., I. V. Mushketov i ego rol poznanii geologii Sredney Azii, T., 1954.