Mushketov muzligi

Mushketov muzligi — Marka- ziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shim.yon bag’rida joylashgan tog’vodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh to- monida, kenglik bo’ylab sharqsan g’arbga tomon cho’zilgan. Uz. 20 km chamasida, eni 1-1,8 km, mayd. 49,25 km2. Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi more- na b-n qoplangan. M.m. vaqt-vaqti b-n balqib, quyi tomon cho’ziladi va key- in yana qisqaradi. 20-a.ning 50-y.lari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km2 ga ko’paydi. Hoz. muzlik qisq-arib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirto’r daryosi (Sarijaz daryosining chap irmog’i) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi b-n atalgan.