Mushkulot

Mushkulot, mushkilot (Arab. qiyinchiliklar, og’irliklar) — Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning chol-g’u bo’limlari. M. odatdagi tas- NIF, tar-je, gardun, muxammas, Saqil qismlaridan tashqari, har bir maqomning o’ziga xos cholg’u yo’llaridan tashkil topadi. Shashmaqom tarkibida jami 46 ta cholg’u kuy mavjud. Gardun, muxammas va saqillar shu nomli do- ira usullari jo’rligida ijro etiladi. O’zbek musiqa merosida maqom majmu- alariga kiritilmagan, biroq M. deb nomlangan turkumli va turkumsiz cholg’u asarlar ham mavjud. Ular yirik shakdda- gi xalq kuylari, ko’proq maqomlarning cholg’u, ba’zida ashula yo’llari negizida yaratilgan (mas, «Mushkiloti Segoh», «Mushkiloti Dugoh»), Ushbu M.larning yuzaga kelishida asosan surnay maqom yo’llari usulsiz kuy uslubining ta’siri katta.