Mushrif

Mushrif (taxallusi; ismi Mirzo Qalandar) (? — Isfara — 1825) — shoir va olim. Qo’qon madrasasida o’qigan. 1818 y.dan Umarxon saroyida Lashkar qozisi vazifasini bajargan. Muhammad Alixon davrida Isfarada qozi bo’lgan. Forsiy va turkiyda ijod qilgan. G’azal va qasidalarida Umarxonni madh etgan, tabiat go’zalliklarini tasvirlagan, in- sof va adolatni ulug’lagan. M. Umarxon taklifi b-n «Shahnomayi nusratpayom» («G’alabadan xabar beruvchi Shoqnoma») asarini yozgan (1822). Asar Fazliynij «Umarnoma» dostoni asosida yaratilgan. Unda Umarxonning bolalikdan vafoti- ga qadar hayoti aks ettirilgan. Asar 19- a. Qo’qon adabiy muhitini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. M. she’rlaridan namunalar Fazliyning «Majmuai sho- Iron» tazkirasida uchraydi. «Risolayi askariy» kitobi hamda diniy mavzuda- gi «Daloyil ulhayrot» asarining Arab- chadan forsiyga qilgan tarjimasi hali topilmagan. «Shahnomayi nusratpayom» ning qo’lyozmasi Rossiya FA Osiyo mam- lakatlari in-tining Sankt-Peterburg bo’limida (inv. № 471) saqlanadi. Ly.: Qayyumov P., Tazkirayi Qayyumiy, T., 1998.