Mushrikiylik

Mushrikiylik (Arab. — she- riklik) — ko’pxudolikning Arab qabilalari o’rtasida Islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sod- da shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tiqod qilgan. M. tushunchasi Qur’onda Xudoni yakka deb e’tirof etmay, uning sherikla- ri bor, ya’ni xudolar ko’p, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar ta’li- motiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik ta’limotini targ’ib qilib, M.ni qoralagan, Islom ta’limoti M.ka qarshi kurash jarayonida shakllan- gan (yana q. Shirk).