Mushoira

Mushoira (Arab. — shoirlar mu- sobakasi) — 1) she’riyatning o’ziga xos janri. Odatda, ijodiy hamkorlikning bir ko’rinishi. Bu janrda 2 yoki undan ortiq shoir she’r aytishadi, ijodiy musobaqalashadi. She’r bir mavzu, bir vazn, bir xil qofiya tizimida bo’lib, ular g’oyaviy-estetik va poetik jihatdan uzviy birikadi va yaxlit asarni vujud- ga keltiradi. Firdavsiyning mashhur qalamkashlar — Unsuriy, Asjadiy va Farruxiy b-n M. qilib, g’olib chiqqani qaqida rivoyatlar bor. Go’yo shu M.dan keyin Firdavsiy «Shoh-noma»ni yozish- ga kirishgan ekan. O’zbek mumtoz adabi- yotida M.ning mashhur na-munasi faz- liy va Maxzuna (19-a.) o’rtasida bo’lib o’tgan Aytishuv (g’azal)dir. M. og’zaki yoki yozma tarzda yaratilib, xalqijodiyotida xam kengtarqalgan. M.ga monand janr boshqa xalqlarda ham bor (mas, qozoq va qirg’izlarda «aytisuv»); 2) she’rxonlik, adabiyotchilar yig’ini.