ASHOKA

ASHOKA — qadimgi Hindistonda Maurya sulolasidan bo’lgan podshoh (miloddan avvalgi 268— 232 yillar). Ashoka davlati deyarli butun Hindiston, hozirgi Afg’oniston va Pokistonning bir qismini qamrab olgan. Buddizmga homiylik qilgan. Ashokaning hozirgacha saqlanib qolgan qoyatoshlarga, ustunlar va g’or devorlariga o’yib yozdirgan shaxsiy farmonlari («Ashoka yozuvlari») qadimgi Hindiston tarixini o’rganishda muhim tarixiy manba bo’lib hisoblanadi.