ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH kim bo’lgan?
ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari Doktori (1961), professor (1960). O’rta Osiyo politexnika instirutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan (1935-91), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi inshootlar instituti direktori (1958-63), Toshkent arxitektura va qurilish institutida professor (1992-96). Ilmiy ishlari qurilish materiallariga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. Ashoka zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U O’rta Osiyoda birinchi bo’lib beton va temir-beton buyumlarga yengil to’ldirgich — keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashtirish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foydalanishni tavsiya etdi. Ashokaning beton va temir-beton sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Davlat standartlari me’yorlari (normalari)ga kiritilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ASHRAFIY MUXTOR ASHRAFOVICH kim bo’lgan?
- ASHRAFIY qanaqa pulligini bilasizmi?
- ASHRAFIY UY-MUZEYI qanaqa muzey?
- ASHRAFOVA MUQADDAM kim bo’lgan?
- ASHSHUR BANIPAL kim bo’lgan?
- ASHSHUR qanaqa shahar?
- ASHTAK-PASHTAK haqida nima bilasiz?
- ASHTARXON XONLIGI qanaqa xonlik?











