ASH’ARIY ABUL HASAN ALI IBN ISMOIL

ASH’ARIY ABUL HASAN ALI IBN ISMOIL (873, Basra -935, Bag’dod)—diniy nazariyotchi, Islom ilohiyoti — kalomning asoschilaridan biri. Mashhadda tahsil ko’rgan, mutaziliylar nazaristchilaridan biri sifatida tanilgan. 912 yilda o’z qarashlarini keskin o’zgartirib, Islom ilohiyotiga falsafiy uslubni kiritishga uringan. Ash’ariy mu’taziliylikka xos bo’lgan juda ochiq ifodalangan rasionalizmni ham, diniy e’tiqodda o’ta ketgan formalizmni ham rad etgan. Ash’ariy asos solgan ta’limotni uning izidan borgan ilohiyotchilar (xususan Abu Homid alg’azoliy) yanada takomillashtirganlar. Kalom 12-13-asrlarga kelib barcha sunniylar o’rtasida e’tirof etilgan.