ASHIKO’L qanday ko’l?
ASHIKO’L — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’l. Amudaryoning o’ng sohilida. G’arbda Besto’ba va Sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shimoldan Janubga yo’nalgan. G’arbiy sohillari Tabaqqum cho’liga tutash. Uzunligi 800-1000 metr, eni 300-350 metr, o’rtacha chuqurligi 2-3 metr. Sug’orishdan ortgan va tashlama suv kelib quyiladi. Suv ko’p kelgan yili sathi kengayadi. Qirg’oqlari qumloq, qamishzor, o’rtacha sho’rligi 1 l da 8-10 gramm va undan ko’p. Baliqchilikda foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASHIN kim bo’lgan?
- ASHINA haqida nima bilasiz?
- ASHINA XELU qanday xoqon bo’lgan?
- ASHIR qanday o’lchov birligi bo’lgan?
- ASHIRIT, mis zumradi haqida nima bilasiz?
- ASHKENAZILAR qanday etnik guruh?
- ASHL qanday o’lchov birligi?
- ASHOKA qanday podshoh bo’lgan?











