Plaun
Plaun (Lycopodium) — plaun- doshlar oilasiga mansub sporali doim yashil, ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi ko’pincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lantsetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki to’p bo’lib zich joylashgan. Spora boshoqchalari o’zaqsan va zich joylash- gan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, shim. yarim shar- da uchraydi. O’zbekistonda o’smaydi. Bir yillik P. va to’g’nog’ichsimon P. turlari keng tarqalgan. Sporalar hosil qilib va vegetativ (ildiz, ildiz bachkilar, tu- ganaklar orqali) ko’payadi. Sporasi 3-8 yilda unib chiqadi, gametofiti sapro- Fit bo’lib, 12 y. davomida rivojlanadi. P. zaharli, quruq sporalari farmasevti- kada HAB dorilar tayyorlashda va sanoatda metall quyishda ishlatiladi.