Plasenta

Plasenta (Yun. plakus — kul- cha), bola o’rni — homiladorlik davri- da hosil bo’ladigan va homila b-n ona organizmini bir-biriga bog’lab, ular o’rtasida moddalar almashinuvini ta’- minlaydigan organ. Homila P. orqali ona qonidan kislorod hamda oziq modda- lar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. P. homilaga har xil moddalar kelishini boshqarib, to’siq vazifasini ham o’taydi. P.da fermentlar va vitaminlar bo’ladi; unda ona organizmiga ta’sir etuvchi gor- monlar (gonadotropin, estrogen, proge- steron) va b. moddalar sintezlanadi. P. homiladorlikning 4-oyida to’liq shak- llanadi: normal rivojlangan homila P.si yumaloq, qalin, yumshoq, shakli kulchaga o’xshaydi. Homila P.ga kindik yoki kindik tizimchasi orqali birikadi. P.ning ikkita yuza-si: bachadon devori- ga qaragan ona yuzasi (bazal plastinka) va ichkariga — amnion (homila qopi) bo’shlig’iga qaragan homila yuzasi bo’ladi. Kindik qon tomirlar b-n shu homila yuzasiga bi-rikib turadi. P. funktsi- yasining buzilishi homiladorlikda turli asoratlar-ga, mas, bolaning chala tug’ilishi, P.ning erta ajralishi, homiladorlik toksikozlari va b.ga sabab bo’ladi (yana q. Yo’ldosh). O’simliklar P.si gulli o’simliklarda urug’kurtakli tuguncha ichidagi o’simta; qirqqulokdoshlarda sporangiyli bo’rtma. P. orqali kurtak ona o’simlik b-n bog’lanib turadi.